Rayhon - Yurak, qo'shiq matni


On this page you can find lyrics of the song "Yurak". by Rayhon.

Lyrics
Rayhon - Yurak


Yuragimni ezar bir savol,
Xo`rlangandek alam yutaman.
Sensiz muzlab qolgandek tanam,
Dardlarimni ichga yutaman.

Afsus, meni tushunmaysan, yo`q,
Manzilim yo`q, ketaveraman.
Ko`ksim uzra otilgandek o`q,
Nega seni sevaveraman?

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Zulmat menga bu dunyo sensiz,
Kelmasang ham kutaveraman.
Yomg`irlardek oqar ko`zyoshim,
Dardlarimni ichga yutaman.

Yurak urar, tanamda jon yo`q,
Muhabbatdan sovib ketaman.
Nafratimni yengolmay kuchsiz,
Nega seni sevaveraman?

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

(Menga bo`lgan xohishing bul
Suyulish, suyish, suyukli bo`lishda erkinlik tuyish.
Ayt, dardlaring ne?
Garchi g`ulomlikda yangramas bir soz,
Garchi g`ulomlikka arzimas hech bir buyuk noz,
Men baribir oshuftahol, baribir oshiq,
Majnunlikda saodat topgan.
Ayt, men seni unutsam, qanday yashayman?)

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Listen Rayhon - Yurak, qo'shiq matni

  • Published: 2022-03-13 08:38:24
  • Views: 223
Comments (0)

Оставить комментарий


Rayhon

Rayhon - Mayli manda, Qo'shiq matni
Mayli manda - Rayhon
Lyrics | Поп-музыка
Rayhon - Yurak, qo'shiq matni
Yurak - Rayhon
Lyrics | Поп-музыка
Rayhon - Tomchi, Qo'shiq matni
Tomchi - Rayhon
Lyrics | Поп-музыка
Rayhon - Ayt nega, Qo'shiq matni
Ayt nega - Rayhon
Lyrics | Поп-музыка
Rayhon - Shinanayda yorim текст песни
Shinanayda yorim - Rayhon
Поп-музыка
Rayhon - Yig’lama qizaloq, Qo'shiq matni
Yig’lama qizaloq - Rayhon
Lyrics | Поп-музыка
Тексты песен - Lyrics » Lyrics » Rayhon - Yurak, qo'shiq matni